Published March 10, 2026 | Version v1

FOROBIYNING MUSIQIY FALSAFASIDA AFLOTUN VA ARASTU QARASHLARI UYG'UNLIGI

Authors/Creators

Description

 

Maqolada Abu Nasr Forobiy musiqiy falsafasida uyg‘unlik tushunchasining mazmun-mohiyati hamda uning Aflotun va Arastu qarashlari bilan nazariy jihatdan aloqadorligi qiyosiy-falsafiy tahlil asosida yoritiladi. Tadqiqotda uyg‘unlik tushunchasining ontologik, estetik, psixologik va axloqiy qatlamlari aniqlanib, Forobiy ta’limotida ushbu tushunchaning ko‘p darajali va integrativ qirralarni  kasb etishi asoslab beriladi. Shuningdek, Forobiy yunon falsafiy merosini ijodiy o‘zlashtirib, musiqani matematik nisbatlar, ruhiy muvozanat va ijtimoiy barkamollikning yagona tizimi sifatida talqin qilgani ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari Forobiy musiqiy falsafasini Sharq va G‘arb intellektual an’analari o‘rtasidagi nazariy ko‘prik sifatida baholash imkonini beradi.

Files

Yuldashev 3.pdf

Files (607.8 kB)

Name Size
md5:b272a3064fbbed834084a9dc4b4df34a
607.8 kB Preview Download