Published February 1, 2026 | Version v1
Journal article Open

ISHLAB CHIQARADIGAN SANOATNING IQTISODIYOTDAGI TUTGAN O'RNI, AHAMIYATI VA UNING TASNIFLANISHI

Description

Maqolada ishlab chiqaradigan sanoatning iqtisodiyotdagi o‘rni, iqtisodiy o‘sish va raqobatbardoshlikni
ta’minlashdagi ahamiyati hamda uni texnologik intensivligiga ko‘ra tasniflashning ilmiy-nazariy va metodologik jihatlari
tizimli tahlil qilingan. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Statistika bo‘limi (United Nations Statistics Division – UNSD) tomonidan
ishlab chiqilgan Xalqaro sanoat standart tasnifi (International Standard Industrial Classification – ISIC) va Xalqaro savdo
standart tasnifi (Standard International Trade Classification – SITC), Jahon bojxona tashkiloti (World Customs Organization
– WCO) tomonidan ishlab chiqilgan Tovarlarni tavsiflash va kodlashning uyg‘unlashtirilgan tizimi (Harmonized Commodity
Description and Coding System – HS), shuningdek iqtisodchi olim S. Lall tomonidan taklif etilgan ishlab chiqaradigan
sanoat eksport mahsulotlarini texnologik intensivligiga ko‘ra tasniflash yondashuvi mazmunan qiyosiy o‘rganilgan.
Ushbu xalqaro tasniflagichlar hamda O‘zbekiston Respublikasining Iqtisodiy faoliyat turlari umumdavlat tasniflagichi
(IFUT) o‘rtasidagi metodologik muvofiqlik va ishlab chiqaradigan sanoatning texnologik tarkibini baholash imkoniyatlari
ochib berilgan. Shu bilan birga, milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishda mazkur metodologik yondashuvlardan
foydalanishning ahamiyati asoslab berilgan. Maqola sanoat siyosati samaradorligini baholash, yuqori texnologiyali
tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqish hamda eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiy o‘sish
modelini takomillashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega

Files

252. Mallaboyev Anvarjon Sotvoldiyevich.pdf

Files (3.1 MB)

Name Size Download all
md5:3a1f2823fd8e645faac9462e59849624
3.1 MB Preview Download

Additional details