Published March 4, 2026 | Version v1
Journal article Open

XORIJIY VA MAHALLIY TAJRIBADA O'QITUVCHILAR FAOLIYATINI KUZATISH METODIKALARINING QIYOSIY TAHLILI

Description

O‘qituvchilarning kasbiy faoliyatini kuzatish va baholash zamonaviy ta’lim tizimining muhim tarkibiy qismidir. Mazkur maqolada xorijiy va mahalliy tajribada qo‘llaniladigan o‘qituvchilar faoliyatini kuzatish metodikalarining qiyosiy tahlili amalga oshirilgan. Tadqiqotda AQSh, Buyuk Britaniya, Finlandiya, Singapur, Yaponiya, Janubiy Koreya kabi rivojlangan mamlakatlar hamda O‘zbekiston Respublikasida qo‘llaniladigan kuzatuv metodikalari, baholash mezonlari, tashkiliy shakllari va pedagogik yondashuvlar chuqur o‘rganilgan. Maqolada turli mamlakatlarning milliy ta’lim tizimlarida o‘qituvchi faoliyatini monitoring qilish modellari, professional standartlar asosida kuzatuv tizimini tashkil etish usullari, hamkorlikdagi kuzatuv, video tahlil, portfollio metodi, o‘z-o‘zini baholash kabi zamonaviy metodikalar tahlil qilingan. Qiyosiy tahlil natijasida xorijiy tajribaning ilg‘or jihatlari aniqlangan va ularni mahalliy ta’lim amaliyotiga moslashtirib qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan. Tadqiqot natijalari O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalarida o‘qituvchilar faoliyatini kuzatish va baholash tizimini takomillashtirish uchun nazariy va amaliy asos yaratadi.

Files

10-13.pdf

Files (607.0 kB)

Name Size Download all
md5:7933d59888a8edb5cb63dd42ba18aa85
607.0 kB Preview Download