Published March 4, 2026 | Version v1

HARBIY OLIY TA'LIMDA KREATIV KOMPETENSIYALARNI SHAKLLANTIRISHNING NAZARIY-METODOLOGIK ASOSLARI

Description

Ushbu maqolada harbiy oliy ta’lim muassasalarida kursantlarning kreativ kompetensiyalarini shakllantirishning nazariy-metodologik asoslari tadqiq etilgan. Kreativlik tushunchasining mohiyati, kreativ kompetensiyalarning tarkibiy qismlari, harbiy ta’limda kreativ yondashuvlarning ahamiyati tahlil qilingan. J.Gilford, E.Torrens, R.Sternberg, D.B.Bogoyavlenskaya kabi olimlarning kreativlik nazariyalari asosida harbiy kadrlar tayyorlashda kreativ kompetensiyalarni shakllantirish zaruriyati asoslangan.

Harbiy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlari — amaliy yo‘naltirilganlik, intizom, stress sharoitida qaror qabul qilish — kontekstida kreativ kompetensiyalarning roli ochib berilgan.

Tadqiqot natijalari harbiy oliy ta’lim muassasalarida kreativ ta’lim texnologiyalarini joriy etish uchun nazariy asos bo‘lib xizmat qiladi.

Files

5-9.pdf

Files (610.7 kB)

Name Size Download all
md5:ad6930f46f63344b13732d04d7ad2c36
610.7 kB Preview Download