BO'LAJAK O'QITUVCHILAR UCHUN ILMIY FAOLIYATNI QO'LLAB-QUVVATLOVCHI DASTURIY VOSITALAR
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada oliy ta'lim tizimida bo'lajak o'qituvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini shakllantirish va rivojlantirishga yo'naltirilgan elektron dasturiy ta'minotni takomillashtirish masalalari tahlil qilinadi. Zamonaviy raqamli ta'lim muhitida o'qituvchilarning kasbiy tayyorgarligi ularning nafaqat pedagogik mahoratini, balki ilmiy-tadqiqot faoliyatiga oid bilim, ko'nikma va malakalarini ham qamrab olishi lozim. Shu nuqtai nazardan, tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantiruvchi dasturiy vositalarni takomillashtirish dolzarb pedagogik muammo sifatida qaraladi. Maqolada mavjud elektron platformalar tahlili, ularning afzallik va kamchiliklari, shuningdek, takomillashtirish yo'nalishlari belgilab berilgan. Xususan, dasturiy ta'minotning modulli tuzilishi, interfaollik, moslashuvchanlik, simulyatsion muhitlar va virtual laboratoriyalarni integratsiyalash masalalariga alohida e'tibor qaratilgan. TPACK modeli asosida bo'lajak o'qituvchilarning tadqiqotchilik kompetensiyalarini rivojlantirishning samarali yo'llari tahlil qilingan.
Files
4 (50).pdf
Files
(308.9 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:839d0f5f2b928bbdf5a0f06019ffb45a
|
308.9 kB | Preview Download |