Published March 2, 2026 | Version v1
Journal article Open

Kreativ yondashuvni shakllantirishda o'qituvchining innovatsion faoliyatini shakllantirish metodikasi

Description

Mazkur maqolada ta’lim jarayonida kreativ yondashuvni shakllantirishda o‘qituvchining innovatsion faoliyatini
rivojlantirish metodikasi ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan asoslab berilgan. Zamonaviy ta’lim tizimida o‘qituvchi nafaqat
bilim beruvchi, balki o‘quvchilarning ijodiy tafakkurini rivojlantiruvchi, muammoli vaziyatlarda mustaqil qaror qabul qilishga
yo‘naltiruvchi innovator sifatida faoliyat yuritishi zarur. Tadqiqot jarayonida pedagogik kuzatuv, so‘rovnoma, tajriba-sinov
ishlari, taqqoslash hamda statistik tahlil metodlaridan foydalanildi. Olingan natijalar maxsus ishlab chiqilgan metodika
asosida tashkil etilgan innovatsion faoliyat o‘qituvchilarda kreativ fikrlash, pedagogik moslashuvchanlik va zamonaviy
texnologiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini sezilarli darajada rivojlantirishini ko‘rsatdi. Taklif etilgan metodika
bosqichma-bosqich, tizimli va refleksiv yondashuv asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, ta’lim samaradorligini oshirishga xizmat
qiladi.

Files

19.Usarova Marg‘uba Nazar qizi.pdf

Files (1.6 MB)

Name Size Download all
md5:cd0a26920dfa76d77a6a4807fe592b21
1.6 MB Preview Download

Additional details