Published 2026 | Version v1
Journal article Open

MILLIY TA'LIM-TARBIYANI SHAKLLANTIRISHDA MUNAVVARQORI ABDURASHIDXONOV ASARLARINING PEDAGOGIK AHAMIYATI.

Authors/Creators

Description

KIRISH: ushbu maqolada o'zbek jadidchilik harakatining yetuk namoyandalaridan biri — Munavvarqori Abdurashidxonovning ta'lim-tarbiya sohasidagi faoliyati va asarlari tahlil qilinadi. Jadid maktabchiligining asoschisi sifatida Munavvarqori o'z asarlari orqali ilm-fan, ma'rifat, axloqiy tarbiya va milliy ongni shakllantirish g'oyalarini ilgari surgan. Maqolada uning "Adibi avval", "Tarixi muxtasari Islom", "Maktab gulshani" kabi asarlarining mazmuni, didaktik yondashuvi, hamda bu asarlarning zamonaviy ta'limdagi ahamiyati tahlil etiladi. Shuningdek, Munavvarqorining ta'lim-tarbiyaga oid qarashlari bugungi kundagi pedagogik jarayon bilan qanday bog'lanishi ham yoritilgan. MAQSAD: uchunchi renesans aynan jadidlar harakati ila boshlangan bo'lim ularning asosiy maqsadi ilm ma'rifat ila yosh avlodni tarbiyalashdir. Bunday harakat asosichisi Munavvarqori Abdurashidxonov ham o'z asarlarida yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashniilgari suradi, ularda erkin fikrlashni shakllantirilishini yangi usulda tadbiq etadi. Shu maqsadda biz bu maqolada aynan yuqorida nomi keltirilgan ma'rifatparvar asarlarini tahlil qilamiz. MATERIALLAR VA METODLAR: ushbu maqola jadid ma'rifatparvarining pedagogik faoliyati va ilmiy me'rosida ifoda etilgan ta'limiy-tarbiyaviy g'oyalar tahliliga qaratilgan bo'lib , ular quyidagi metodlarda amalga oshirildi: manbalar tahlili, adabiyotlar sharhi, amaliyotdagi natijalarini tashxislash. MUHOKAMA VA NATIJALAR: ushbu maqolada Munavvarqori Abdurashidxonovning "Adibi avval", "Tarixi muxtasari Islom", "Maktab gulshani" kabi asarlarining mazmuni, didaktik yondashuvi, hamda bu asarlarning zamonaviy ta'limdagi ahamiyati tahlil etiladi. Bu asarlardagi g'oya va fikrlar bugungi shiddatkor zamonda yoshlarimizni mafkuraviy immunitetini rivojlantirishga qaratiladi. XULOSA: munavvarqori Abdurashidxonov o'zbek jadidchilik harakatining yetakchi namoyandalaridan biri bo'lib, yangi usuldagi maktablar ochish, zamonaviy darsliklar yaratish va o'qituvchilar tayyorlash orqali milliy ma'rifat va madaniyatni yuksaltirishga katta hissa qo'shgan. U ta'lim jarayonida ilm-fan bilan birga axloqiy va ma'naviy qadriyatlarni uyg'unlashtirishga alohida e'tibor bergan.

Files

1-maqola_Tosheva_PED_-_371-380.pdf

Files (353.8 kB)

Name Size Download all
md5:7d54b243918a9715cf9fabba0ad8c932
353.8 kB Preview Download

Additional details