Published 2026
| Version v1
Journal article
Open
ERTA YOSHDAGI BOLALARDA KOMMUNIKATIV KO'NIKMALARNI SHAKLLANTIRISHNING PEDAGOGIK ASOSLARI
Authors/Creators
Description
KIRISH: erta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirishning pedagogik asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqotda kommunikativ ko'nikmalar tushunchasi, uning bolalar shaxsiy rivojidagi o'rni va ahamiyati ochib beriladi. Erta yosh davrida nutq, muloqot, ijtimoiy moslashuv va emotsional rivojlanishning o'zaro bog'liqligi asoslab berilgan. Shuningdek, maktabgacha ta'lim jarayonida bolalarda muloqot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi pedagogik shart-sharoitlar, metod va usullar, o'yin faoliyatining imkoniyatlari yoritilgan. Maqolada tarbiyachining kommunikativ faoliyatni tashkil etishdagi roli, bolalar bilan samarali muloqotni yo'lga qo'yish omillari va zamonaviy pedagogik yondashuvlar tahlil qilingan MAQSAD: mazkur tadqiqotning asosiy maqsadi – erta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirishning pedagogik asoslarini aniqlash, ularning rivojlanish mexanizmlarini ilmiy jihatdan asoslash hamda samarali metod va vositalarni ishlab chiqishdan iborat. Shuningdek, quyidagi vazifalar ko'zda tutiladi: Maktabgacha yoshdagi bolalarda muloqot ko'nikmalarining psixologik-pedagogik xususiyatlarini o'rganish; Kommunikativ kompetensiyani rivojlantirishga ta'sir etuvchi omillarni aniqlash; Ta'lim-tarbiya jarayonida interfaol metodlar va o'yin texnologiyalarining samaradorligini asoslash MATERIALLAR VA METODLAR: erta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirishda rolli o'yinlar, didaktik o'yinlar, suhbat metodlari, dramatizatsiya, ertak terapiyasi, musiqiy va harakatli o'yinlardan samarali foydalanildi. Ushbu metodlar bolalarning nutqiy faolligini oshirish, lug'at boyligini kengaytirish va ijtimoiy muloqot madaniyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. Tadqiqot jarayonida quyidagi material va metodlardan foydalanildi. Maktabgacha ta'lim pedagogikasi va bolalar psixologiyasi bo'yicha ilmiy adabiyotlar; Davlat maktabgacha ta'lim standartlari va dasturlari; Ilmiy maqolalar, metodik qo'llanmalar hamda ilg'or pedagogik tajribalar. Erta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirishning pedagogik asoslarida nazariy tahlil va umumlashtirish, pedagogik kuzatish, suhbat va savol-javob; o'yin faoliyatini tahlil qilish, taqqoslash va tajriba-sinov ishlari metodlaridan foydalanilsa maqsadga muvofiq. NATIJALAR VA MUHOKAMA: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, erta yosh davrida kommunikativ ko'nikmalarni maqsadli va tizimli ravishda shakllantirish bolalarning nutq rivoji hamda ijtimoiy moslashuviga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Xususan: bolalarda o'z fikrini erkin ifoda etish qobiliyati shakllandi; tengdoshlari va kattalar bilan muloqot qilish faolligi oshdi, tinglash va suhbatdoshni tushunish madaniyati rivojlandi; jamoaviy faoliyatda ishtirok etish ko'nikmalari mustahkamlandi. Muhokama jarayonida aniqlanishicha, kommunikativ ko'nikmalarni rivojlantirishda oilaviy muhit, tarbiyachining nutq madaniyati, ijobiy psixologik iqlim va o'yin faoliyatining to'g'ri tashkil etilishi muhim omil hisoblanadi. Shu bilan birga, ayrim muammolar ham kuzatildi: bolalarning nutqiy rivojlanishidagi individual farqlar, ota-onalarning pedagogik savodxonligi yetarli emasligi, raqamli qurilmalardan ortiqcha foydalanish natijasida jonli muloqotning kamayishi. Mazkur muammolarni bartaraf etish uchun pedagog va ota-onalar hamkorligini kuchaytirish, nutqni rivojlantiruvchi o'yin va mashg'ulotlarni tizimli tashkil etish hamda kommunikativ muhitni boyitish zarur. XULOSA: erta yoshdagi bolalarda kommunikativ ko'nikmalarni shakllantirish ularning shaxs sifatida kamol topishida muhim ahamiyat kasb etadi. Mazkur jarayon ilmiy asoslangan pedagogik yondashuv, o'yin faoliyati va ijobiy ijtimoiy muhit orqali samarali amalga oshiriladi. Kommunikativ kompetensiyani erta bosqichda rivojlantirish bolalarning keyingi ta'lim jarayoniga muvaffaqiyatli moslashuvi, ijtimoiy faol va madaniyatli shaxs bo'lib shakllanishiga zamin yaratadi.
Files
1-MamurovaPED_-_341-351.pdf
Files
(398.6 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:79ad881cb2d8123028edc7a723e72193
|
398.6 kB | Preview Download |