Published 2026 | Version v1
Journal article Open

MAKTABGACHA TA'LIM TARBIYALANUVCHILARNI MILLIY QADRIYATLAR ASOSIDA TARBIYASHNING O'ZIGA XOS PEDAGOGIK XUSUSIYATLARI

Description

KIRISH: maktabgacha ta'lim yosh bolalarda shaxsiy, intellektual va ijtimoiy rivojlanishni shakllantirishning asosiy bosqichi hisoblanadi. Shu yoshda tarbiyalanuvchilarga milliy qadriyatlarni singdirish, ularni ona tiliga, milliy urf-odat va an'analariga hurmat ruhida tarbiyalash muhimdir. Milliy qadriyatlar asosida tarbiya bolaning axloqiy, madaniy va estetik rivojlanishida muhim o'rin tutadi, ularning milliy o'zligini saqlash va jamiyatga moslashishiga xizmat qiladi. MAQSAD: maktabgacha ta'lim muassasalarida tarbiyalanuvchilarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayonining o'ziga xos pedagogik xususiyatlarini aniqlash va ularni amaliyotda samarali tatbiq etish usullarini ishlab chiqishdir. Shu bilan birga bolalarning milliy ongini rivojlantirish va ularni ona tiliga, milliy urf-odat va an'analarga hurmat ruhida tarbiyalash, tarbiyachilarning milliy qadriyatlarni tarbiyaviy jarayonga integratsiya qilish ko'nikmalarini aniqlash va oshirish, milliy qadriyatlar asosida tarbiya berishning samaradorligini bolalarning ijtimoiy, axloqiy va estetik rivojlanishi orqali baholash, maktabgacha yoshdagi bolalar orasida o'z milliy identifikatsiyasini mustahkamlash, axloqiy va madaniy qadriyatlarni qabul qilishni rag'batlantirish, tarbiyaviy metodlar va innovatsion yondashuvlarni ishlab chiqish orqali pedagogik jarayonni boyitish va milliy qadriyatlarni yanada samarali tatbiq etish. Ushbu maqsadlar tadqiqotga ilmiy asos beradi va maktabgacha ta'limda milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning pedagogik metodikasini takomillashtirishga xizmat qiladi. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqotda foydalanilgan materiallar maktabgacha ta'lim muassasalaridagi amaliy darslar, tarbiyaviy mashg'ulotlar va bolalarning ijodiy ishlari hisoblanadi. Shu bilan birga milliy madaniyat, urf-odat va an'analar bo'yicha darslik va metodik qo'llanmalar tahlil qilindi. Tadqiqotda quyidagi ilmiypedagogik metodlar qo'llanildi. Kuzatuv – bolalarning kundalik faoliyati va tarbiyaviy mashg'ulotlardagi xatti-harakatlarini o'rganish. Suhbat va intervyu – tarbiyachilar va otaonalar bilan muloqot orqali tarbiya jarayonini tahlil qilish. Eksperimental metod – milliy qadriyatlar asosida tarbiya berilgan guruhlar bilan solishtirma kuzatuvlar o'tkazish. Analiz va taqqoslash – nazariy manbalar va amaliy faoliyat natijalarini tahlil qilish. MUHOKAMA VA NATIJALAR: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, maktabgacha yoshdagi bolalarni milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat. Tarbiya jarayonida o'yin va ijodiy faoliyatdan keng foydalanish, milliy ertak, qo'shiq va o'yinlarni tatbiq etish ahamiyatli bo'lib hisoblanadi. Tarbiyalanuvchilarga milliy urf-odat, bayramlar va an'analarni amalda namoyish etish orqali ularda milliy g'urur, kattalarga hurmat, kichiklarda izzatda bo'lish, vatanparvarlik ruhida tarbiyalshga xizmat qiladi. Tarbiyachilarning o'zining milliy qadriyatlarni o'zida namoyon etishi va bolalarga namuna bo'lishi juda ham yuksak natijalarni beradi. Bolalarning shaxsiy tajribasi va qiziqishlariga asoslangan individual yondashuv ularni atrofdagi shaxslar bilan muloqotda kirishiga amaliy yordam beradi. Eksperiment davomida milliy qadriyatlar asosida tarbiyalangan bolalarda axloqiy qadriyatlarni qabul qilish, ijtimoiy ko'nikmalar va estetik did sezilarli darajada rivojlanganligi kuzatildi. Shu bilan birga bolalar o'z milliy identifikatsiyasini mustahkamladi va o'z ona tilini to'g'ri ishlatishga ko'nikdi. XULOSA: maktabgacha ta'lim tarbiyalanuvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash – bolaning shaxsiy, ijtimoiy va madaniy rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lgan jarayon hisoblanadi. Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, milliy qadriyatlarni tarbiyaga tatbiq etish bolalarda axloqiy va ijtimoiy fazilatlarni shakllantirishga, milliy identifikatsiyani mustahkamlashga va ona tiliga hurmatni rivojlantirishga yordam beradi. Milliy qadriyatlar asosida tarbiyalashning o'ziga xos pedagogik xususiyatlari quyidagilardan iborat: tarbiyaviy jarayonlarda o'yin, ertak va ijodiy faoliyatga keng tayanish; milliy urf-odat va an'analarni amalda qo'llash; individual yondashuv va tarbiyachining shaxsiy namunalari orqali tarbiya berish. Bu yondashuv bolalarning ijodiy tafakkuri, estetik didi va ijtimoiy ko'nikmalarini rivojlantiradi. Shuningdek, milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash jarayoni tarbiyalanuvchilarda hurmat, mehr-muhabbat, sadoqat va mas'uliyat kabi axloqiy fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi. Bolalar jamiyatdagi turli vaziyatlarda to'g'ri xulq-atvorni tanlashga, do'stlik va hamkorlik munosabatlarini rivojlantirishga o'rgatiladi. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, milliy qadriyatlar asosida tarbiyalangan bolalar o'z ona tilini to'g'ri ishlatish, milliy bayram va an'analarda faol ishtirok etish, shuningdek, ijodiy faoliyatda o'zini erkin namoyon etish qobiliyatiga ega bo'ladilar. Shu bilan birga, tarbiyachilarning metodik ko'nikmalari va innovatsion yondashuvlardan foydalanishi tarbiyaviy jarayon samaradorligini oshiradi. Natijada, maktabgacha ta'limda milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash – bolalarni jamiyatga moslashadigan, axloqiy va madaniy jihatdan yetuk shaxslar sifatida shakllantirishning samarali usuli hisoblanadi. Bu esa nafaqat tarbiyalanuvchilarning shaxsiy rivojlanishiga, balki butun jamiyatning madaniy va axloqiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Files

1-_Muxayyo_PED_-_200-208.pdf

Files (324.9 kB)

Name Size Download all
md5:be927c7eed09467aa72f3cb6e83338ff
324.9 kB Preview Download

Additional details