Published 2026
| Version v1
Journal article
Open
BO'LAJAK TASVIRIY SAN'AT O'QITUVCHILARNING BADIIY VA ESTETIK KOMPETENTSIYASINI RIVOJLANTIRISH
Authors/Creators
Description
KIRISH: mazkur maqolada bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining badiiy va estetik kompetentligini rivojlantirishning pedagogik asoslari ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda badiiy kompetentlik tushunchasi, uning pedagogik faoliyatdagi o'rni hamda ijodiy shaxsni shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan. Tasviriy san'at ta'limi jarayonida estetik idrok, badiiy tafakkur va ijodiy faoliyatning o'zaro bog'liqligi asoslab beriladi. MAQSAD: tadqiqotning asosiy maqsadi — bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarida badiiy va estetik kompetensiyani rivojlantirishning pedagogik mexanizmlarini aniqlash, ularni ilmiy asoslash hamda samarali metod va vositalarni ishlab chiqish. MATERIALLAR VA METODLAR: tadqiqot jarayonida nazariy tahlil, pedagogik kuzatuv, suhbat, anketa, ijodiy ishlar tahlili va tajriba-sinov metodlaridan foydalanildi. Shuningdek, tasviriy san'at metodikasi, pedagogika va estetika bo'yicha ilmiy adabiyotlar o'rganildi. Amaliy mashg'ulotlar, kompozitsiya ishlari, rangshunoslik topshiriqlari va ijodiy loyihalar samarali metod sifatida qo'llanildi. NATIJALAR VA MUHOKAMA: tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, tizimli tashkil etilgan badiiy-pedagogik tayyorgarlik talabalarning estetik didi, kompozitsion tafakkuri va ijodiy faolligini sezilarli darajada oshiradi. Xususan, talabalar tasviriy ifoda vositalaridan ongli foydalanish, rang uyg'unligini his qilish hamda san'at asarlarini tahlil qilish ko'nikmalarini egalladilar. Muhokama jarayonida aniqlanishicha, kompetentlik rivojiga uch omil — metodik tayyorgarlik, ijodiy amaliyot va estetik muhit bevosita ta'sir ko'rsatadi. XULOSA: bo'lajak tasviriy san'at o'qituvchilarining badiiy va estetik kompetentligini rivojlantirish ularning professional tayyorgarligining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Mazkur jarayon ilmiy asoslangan pedagogik yondashuv, ijodiy faoliyatni qo'llabquvvatlash va estetik muhitni tashkil etish orqali samarali amalga oshiriladi. Ushbu kompetentlik pedagogning kasbiy mahorati hamda ta'lim jarayonining samaradorligini belgilaydi.
Files
1-_Kadirova_PED_-_193-199.pdf
Files
(255.9 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:d6cea1ab3d8f33003973061712db3321
|
255.9 kB | Preview Download |