Published February 1, 2026 | Version v1
Journal article Open

MINTAQANING INVESTITSIYA OQIMLARI VA TASHQI IQTISODIY ALOQALARI O'RTASIDAGI BOG'LIQLIK TAHLILI

Description

So‘nggi yillarda mintaqalarning barqaror iqtisodiy rivojlanishida investitsiya oqimlari hamda tashqi iqtisodiy
aloqalar muhim strategik omillar sifatida namoyon bo‘lmoqda. Investitsiyalar ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirish,
infratuzilmani modernizatsiya qilish, yangi texnologiyalarni joriy etish hamda hududning iqtisodiy salohiyatini oshirishning
asosiy moliyaviy manbai hisoblanadi. Shu bilan birga, tashqi iqtisodiy aloqalar eksport-import operatsiyalari orqali
mintaqaning jahon xo‘jalik tizimiga integratsiyalashuv darajasini ifodalaydi hamda uning raqobatbardoshligini belgilovchi
muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Mazkur tadqiqotda mintaqaning investitsiya oqimlari va tashqi iqtisodiy aloqalari
o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ekonometrik modellashtirish usullari asosida kompleks tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida
korrelyatsion tahlil, ko‘p omilli regressiya modeli hamda vaqt qatorlari asosida prognozlash usullari qo‘llanildi. Ekonometrik
modelga yalpi hududiy mahsulot, eksport va import hajmi, inflyatsiya darajasi, valyuta kursi hamda investitsiya
ko‘rsatkichlari kabi muhim makroiqtisodiy omillar kiritildi. Tadqiqot natijalari mintaqaviy iqtisodiy siyosatni shakllantirish,
investitsiya muhitini takomillashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyatni samarali boshqarish bo‘yicha ilmiy asoslangan amaliy
tavsiyalar ishlab chiqish imkonini beradi.

Files

210. G‘oyibnazarov Muxammad Xamidbekovich.pdf

Files (3.4 MB)

Additional details