Published February 2, 2026 | Version v1
Journal article Open

Ta'lim muassasalarida psixologik xizmatni olib borishda psixodiagnostik faoliyatning o'rni

Description

Mazkur maqolada muallif ta’lim muassasalarida psixologik xizmatni tashkil etishda psixodiagnostik faoliyatning
o‘rni va ahamiyatini ilmiy hamda amaliy jihatdan yoritib beradi. Dastlab “psixodiagnostika” tushunchasining mazmuni
ochib beriladi. Psixologik diagnoz (yunoncha diagnosis – aniqlash, bilish) shaxsning individual-psixologik xususiyatlarining
muayyan davrdagi holatini baholash, tashxis qo‘yish hamda tashxis asosida individ rivojlanishining istiqbolli
yo‘nalishlarini prognoz qilish va tavsiyalar ishlab chiqishga qaratilgan psixolog faoliyati sifatida talqin etiladi. Shuningdek,
psixodiagnostika sohasida testlar, so‘rovnomalar va boshqa metodlar orqali shaxsning ruhiy xususiyatlarini o‘rganishga
oid ilmiy izlanishlar olib borgan mashhur olimlarning qarashlari tahlil qilinadi. Jumladan, individual farqlarni o‘rganish
asoschilaridan biri Frensis Galton, psixometriya va testologiya rivojiga asos solgan, intellektni o‘lchash g‘oyasini ilgari
surgan Alfred Bine, Teodor Simon bilan hamkorlikda “Bine–Simon shkalasi”ni ishlab chiqqanligi, shuningdek, intellektning
“g-omil” nazariyasini yaratgan va faktor tahlili usulini psixologiyaga joriy etgan Charlz Spirman qarashlari ilmiy asosda
bayon etiladi.

Files

457.Odamova O‘g‘iljon Kenjayevna.pdf

Files (1.7 MB)

Name Size Download all
md5:34e6b31201619f732cb109ce55ffea9d
1.7 MB Preview Download

Additional details