Published February 1, 2026 | Version v1
Journal article Open

GAZ BALLONLI AVTOMOBILLARDA RADIOTO'LQINLI UZATMALAR ASOSIDA TAKOMILLASHTIRILGAN TEXNIK NAZORAT TIZIMINING IQTISODIY SAMARADORLIGINI BAHOLASH

Description

Mazkur maqolada gaz ballonli avtomobillarda radioto‘lqinli identifikatsiya (RFID) texnologiyasi asosida
takomillashtirilgan texnik nazorat tizimini joriy etishning iqtisodiy samaradorligi tadqiq etilgan. Amaldagi texnik xizmat
ko‘rsatish tizimlari tahlili ularning inson omiliga sezilarli darajada bog‘liqligi, mehnat va vaqt sarfining yuqoriligi hamda
ekspluatatsion jarayonlarda samaradorlikni yanada oshirish imkoniyatlari mavjudligini ko‘rsatdi. Taklif etilgan RFID
asosidagi tizim gaz ballonlarini kontaktsiz identifikatsiya qilish, texnik sinov muddatlari va sertifikat holatini avtomatik
ravishda nazorat qilish imkonini beradi. Iqtisodiy baholash natijalari texnik nazorat vaqtining qisqarishi, mehnat sarfi
va ekspluatatsion xarajatlarning kamayishini tasdiqladi hamda ushbu tizimni joriy etish iqtisodiy jihatdan samarali va
maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatdi.

Files

121_Mirzayev_Bahodir_Nuritdinovich,_Zulfiqorova_Guldona_Akbarjon.pdf

Files (2.5 MB)

Additional details