Published February 26, 2026 | Version v1

OʻZBEKISTONDA KREATIV IQTISODIYOT LOYIHALARINI RIVOJLANTIRISH

Description

Mazkur maqolada Oʻzbekistonda kreativ iqtisodiyot loyihalarini rivojlantirishning nazariy-metodologik asoslari, institutsional mexanizmlari hamda amaliy yoʻnalishlari kompleks yondashuv asosida tahlil qilinadi. Kreativ iqtisodiyot madaniyat, san’at, dizayn, axborot texnologiyalari, media industriyasi, arxitektura, reklama, moda, hunarmandchilik va boshqa intellektual faoliyat turlarini qamrab olgan holda milliy iqtisodiyotning yuqori qo‘shilgan qiymat yaratuvchi innovatsion drayveriga aylanib bormoqda.

Tadqiqotda Oʻzbekiston sharoitida kreativ klasterlar va inkubatsiya markazlarini tashkil etish, startap ekotizimini rivojlantirish, raqamli platformalar orqali kreativ mahsulotlarni tijoratlashtirish hamda davlat tomonidan soliq imtiyozlari, grantlar va institutsional qoʻllab-quvvatlash mexanizmlarining ahamiyati ilmiy jihatdan asoslab beriladi. Shuningdek, kreativ loyihalarni moliyalashtirishning zamonaviy manbalari (venchur kapital, kraudfanding, xususiy investitsiyalar), ularning eksport salohiyati, yangi ish o‘rinlari yaratish imkoniyatlari hamda hududiy iqtisodiy rivojlanishga ta’siri tahlil qilinadi.

Files

463-470.pdf

Files (635.5 kB)

Name Size Download all
md5:becf143ba7692d477f3b3524d3cfbb4c
635.5 kB Preview Download