Published February 24, 2026 | Version v1
Publication Open

BOLALARDA KATTA CHARVINI BURALISHINI DIAGNOSTIKASIDA LAPAROSKOPIYANI SAMARADORLIGI

Description

Ushbu maqolada bolalar qorin bo‘shlig‘ida juda kam uchraydigan ulkan charvining aylanib qolishi bilan 12 bemor bolalarni davolash va diagnostika natijalari ko‘rsatilgan. Ulardan 8 tasida boshlang‘ich charvi aylanib qolishi kuzatilgan bo‘lsa, 4 tasida esa ikkilamchi charvi aylanib qolishi aniqlandi. 12 nafar bemor bolalarda endovideolaparoskopik usulida charvi kesib tashlash amalga oshirildi, shulardan 1 tasida qo‘shimcha appendektomiya amali bajarildi. Ulkan charvi kistasi bilan 1 bemorda videolaparoskopik kesib tashlash amalga oshirildi. Qorin bo‘shlig‘i shikastlanishi bilan tushgan bemorda yuqori o‘rta laparotomiya amali bajarilib, ochiq usulga o‘tildi. Jarrohlik vaqtida hamda jarrohlikdan keyingi davrlarda asoratlar kuzatilmaydi. Gipstologik tekshiruv jarayonida ulkan charvida gangrenoz omentit alomatlari aniqlandi. Endovideolaparoskopik vositalarini ishlatib operatsiyalar o‘tkazish, kasallikka aniq aniqlik kiritish, bir vaqtning o‘zida charvi kesib tashlashga erishish, ikkilamchi charvi aylanib qolishi sabablarini aniqlash imkonini beradi.

Files

IBMSCR 0236.pdf

Files (311.3 kB)

Name Size Download all
md5:6f58199d41057ec2c7f0526df0b0cc1d
311.3 kB Preview Download