TALABALARNING KASBIY KOMMUNIKATIV KOMPETENSIYASINI RIVOJLANTIRISHDA KORPUS TA'LIM TEXNOLOGIYALARINING ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada talabalarning kasbiy kommunikativ kompetensiyasini rivojlantirishda korpus ta’lim texnologiyalarining lingvodidaktik imkoniyatlari tahlil qilinadi. Korpusga asoslangan yondashuvning pedagogik mohiyati autentik til materiallari asosida o‘qitish, til birliklarining real qo‘llanilishini empirik tahlil qilish va faol muloqotga yo‘naltirilgan o‘quv muhitini yaratish imkoniyati bilan asoslanadi. Tadqiqotda milliy va xorijiy tilshunos olimlarning korpus haqidagi nazariy qarashlari qiyosiy tahlil qilinadi hamda korpus lingvistikasining tarixiy taraqqiyot bosqichlari yoritiladi. Shuningdek, Data-Driven Learning (DDL) konsepsiyasi, registr va diskurs tahlili asosida korpus texnologiyalarining nofilologik yo‘nalish talabalari uchun metodik samaradorligi ochib beriladi. Xulosa sifatida korpus yondashuvi talabaning analitik tafakkurini, mustaqil tadqiqot ko‘nikmalarini va kasbiy nutqiy kompetensiyasini rivojlantiruvchi integrativ metodologiya ekanligi asoslanadi.