Published February 20, 2026 | Version v1
Journal article Open

ABU NASR FOROBIY HAYOTI VA "FOZIL ODAMLAR SHAHRI" ASARI: FALSAFIY-NAZARIY TAHLIL

Description

Mazkur maqolada Sharq uyg‘onish davrining buyuk mutafakkiri Abu Nasr Forobiy hayoti, ilmiy-ma’rifiy merosi hamda uning mashhur falsafiy asari — Fozil odamlar shahri (“Al-Madina al-fadila”)ning mazmun-mohiyati falsafiy-nazariy jihatdan tahlil qilinadi.

Xususan, Forobiyning ijtimoiy-siyosiy qarashlari, jamiyat va davlat haqidagi konsepsiyasi, fozil inson timsoli hamda ideal jamiyat modeli yoritiladi.

Shuningdek, asarda ilgari surilgan axloqiy fazilatlar, rahbar shaxsiga qo‘yilgan talablar, ilm va ma’rifatning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni kabi masalalar tizimli ravishda ko‘rib chiqiladi.

Maqolada Forobiy ta’limotining antik falsafa, xususan Aristotel hamda Platon qarashlari bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi hamda mutafakkirning Sharq va G‘arb falsafiy tafakkuri taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi asoslanadi. “Fozil odamlar shahri” asari misolida ideal jamiyat va komil inson g‘oyasining nazariy asoslari, ularning bugungi globallashuv sharoitidagi dolzarbligi ilmiy tahlil etiladi. Natijada Forobiyning siyosiy-falsafiy qarashlari insonparvarlik, adolat, ma’naviy barkamollik va ijtimoiy hamkorlik tamoyillariga asoslangani, uning ideal jamiyat haqidagi ta’limoti zamonaviy fuqarolik jamiyati konsepsiyalari bilan uyg‘un jihatlarga ega ekani xulosalanadi.

Files

358-364.pdf

Files (653.9 kB)

Name Size Download all
md5:bc2bf7fb18094b981bc2bf711f930f5f
653.9 kB Preview Download