TURISTIK XIZMATLAR BOZORINI RIVOJLANTIRISHDA MARKETING STRATEGIYALARIDAN FOYDALANISH
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada globallashuv va tezkor o‘zgarishlar sharoitida jahon hamda O‘zbekiston turizm bozorining rivojlanish holati va istiqbollari tahlil qilinadi. Xususan, COVID-19 pandemiyasidan keyingi davrda turizm sohasida yuzaga kelgan yangi tendensiyalar, talab tuzilmasidagi o‘zgarishlar va xizmatlar bozorining transformatsiyasi yoritilgan. Tadqiqotda “O‘zbekiston–2030” strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan islohotlar, turizm infratuzilmasining rivojlanishi hamda xorijiy turistlar oqimi va xizmatlar eksporti ko‘rsatkichlari tahlil etilgan. Shuningdek, turizm marketingining roli, raqamli texnologiyalar ta’siri va turizm mahsulotlarini shakllantirish jarayonlari ilmiy manbalar asosida o‘rganilgan. Mamlakat turizm salohiyatini baholashda SWOT tahlil metodidan foydalanilib, kuchli va zaif tomonlar, mavjud imkoniyatlar hamda ehtimoliy tahdidlar aniqlangan. Tadqiqot natijalari O‘zbekistonda turizm sohasini barqaror rivojlantirish va raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Files
86-90.pdf
Additional details
References
- 1. Starcevic, S., & Konjikušić, S. (2018). Why millennials as digital travelers transformed marketing strategy in tourism industry. Starcevic, S., &Konjikusic, S.(2018), Why Millenials As Digital Travelers Transformed Marketing Strategy in Tourism Industry, International Thematic Monograph Tourism in Function of Development of the Republic of Serbia-Тourism in the Era of Digital Transformation, University of Kragujevac, 221-24.