Published February 15, 2026 | Version v1
Journal article Open

ISLOM ME'MORCHILIGIDA DINIY BEZAKLAR

  • 1. Toshkent davlat agrar universiteti "Ijtimoiy gumanitar fanlar" kafedrasi assistenti

Description

Ushbu maqolada Islom memorchiligida diniy bezaklarning o‘rni, rivojlanish bosqichlari va badiiy ahamiyati tahlil qilingan. Islom sanatida tasviriy sanatga qo‘yilgan cheklovlar natijasida yuzaga kelgan geometrik naqshlar, arabeskalar, xattotlik va epigrafik bezaklar keng o‘rganilgan. Maqolada Markaziy Osiyo, Yaqin va O‘rta Sharq hududlaridagi yirik memoriy yodgorliklardan misollar keltirilgan. Tadqiqot davomida diniy bezaklarning nafaqat estetik, balki manaviy-falsafiy mazmuni ham ochib berilgan. Xususan, geometrik naqshlarning Allohning vahdat va azamatini ifodalash, arabeskalarning abadiylik ramzi sifatida namoyon bo‘lishi, xattotlikda Quron oyatlarining sanat asariga aylanishi kabi jihatlari tahlil etilgan. Shuningdek, turli davr va hududlardagi bezak uslublarining o‘ziga xos xususiyatlari qiyosiy tahlil qilinib, ularning rivojlanish tendentsiyalari ko‘rsatilgan. Maqola ilmiy adabiyotlar, arxeologik tadqiqotlar va memoriy yodgorliklarni bevosita o‘rganish asosida tayyorlangan.

Files

46-52.pdf

Files (282.6 kB)

Name Size Download all
md5:76c069b64e893398d4343b7aeadac965
282.6 kB Preview Download