Published February 1, 2026 | Version v1
Journal article Open

YASHIL IQTISODIYOT SHAROITIDA KICHIK VA O'RTA BIZNESNI BARQAROR RIVOJLANTIRISHNING INSTITUTSIONAL VA INVESTITSION MEXANIZMLARINI TAKOMILLASHTIRISH

Description

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida kichik va o‘rta biznes subyektlarining barqaror rivojlanishini
ta’minlashga qaratilgan institutsional hamda investitsion mexanizmlarni takomillashtirish masalalari kompleks ilmiy
jihatdan tahlil qilinadi. Tadqiqotda kichik va o‘rta biznesning milliy iqtisodiy o‘sishdagi o‘rni, yashil investitsiyalarning
ahamiyati, davlat tomonidan institutsional qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda innovatsion rivojlanish omillarining
o‘zaro bog‘liqligi o‘rganiladi. Shuningdek, atrof-muhit barqarorligi tamoyillarini tadbirkorlik faoliyatiga integratsiya qilish,
yashil moliyalashtirish instrumentlarini kengaytirish hamda samarali innovatsion infratuzilmani shakllantirish masalalariga
alohida e’tibor qaratiladi.
Tadqiqot natijalari institutsional muhitni takomillashtirish, investitsion qo‘llab-quvvatlash mexanizmlarini kuchaytirish
hamda yashil tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan davlat siyosatini izchil amalga oshirish kichik va o‘rta biznes
subyektlarining uzoq muddatli barqarorligi hamda raqobatbardoshligini ta’minlashda muhim omil ekanligini ko‘rsatadi.
Shu bilan birga, resurs tejamkor texnologiyalarni joriy etish, raqamli transformatsiyani rivojlantirish hamda ekologik
mas’uliyatli biznes modellarini qo‘llash iqtisodiy samaradorlikni oshirish va ekologik xavfsizlikni mustahkamlashga xizmat
qilishi asoslab beriladi. Tadqiqotda barqaror va inklyuziv iqtisodiy o‘sishni ta’minlash maqsadida yashil moliyalashtirish
tizimlari hamda institutsional qo‘llab-quvvatlash vositalarini yanada takomillashtirish zarurligi ilmiy jihatdan asoslanadi

Files

49. Norboyev Sarvar Azodovich.pdf

Files (2.2 MB)

Name Size Download all
md5:6de0b96561496cab6129f2eee18a028e
2.2 MB Preview Download

Additional details