INGLIZ VA O'ZBEK TILLARIDA VAQT KATEGORIYASINING TILSHUNOSLIKDAGI IFODALANISHI VA TARJIMADAGI QIYOSIY TAHLILI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqola ingliz va o‘zbek tillarida vaqt kategoriyasining leksik, grammatik va semantik jihatlarini qiyosiy tahlil qilishga bag‘ishlangan. Tadqiqotda vaqtni ifodalovchi fe’l shakllari, zamon va aspekt tizimi, shuningdek, ularning nutqdagi qo‘llanilishi va tarjimadagi o‘ziga xos xususiyatlari o‘rganiladi. Ingliz tilida vaqt kategoriyasi ko‘proq grammatik shakllar va aspektlarga asoslanib, aniq vaqt, davomiylik va voqealar ketma-ketligini ifodalashda muhim rol o‘ynaydi. Shu bilan birga, o‘zbek tilida vaqt kategoriyasi ko‘proq morfologik vositalar, kontekstual va pragmatik ifodalar orqali anglatiladi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ikki til orasida vaqt kategoriyasining semantik, pragmatik va stilistik xususiyatlari sezilarli darajada farq qiladi. Maqolada vaqt kategoriyasining tarjimadagi muammolari va qiyosiy jihatlari ham tahlil qilinadi. Ingliz va o‘zbek tillarida vaqt birliklarining to‘g‘ri moslashuvi tarjimada ma’noning aniqligi va nutqning tabiiyligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega. Qiyosiy tahlil natijalari lingvistik tadqiqotlar, leksikografiya, til o‘qitish metodikasi va tarjima amaliyoti uchun muhim ilmiy ahamiyatga ega bo‘lib, til va madaniyat o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlikni ochib beradi.
Files
140-144.pdf
Files
(306.9 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:29505bf33bbd1a4aa70fc245137dd617
|
306.9 kB | Preview Download |