INGLIZ VA TURK TILIDAGI MAQOLLARNING BIR-BIRIGA MA'NO JIHATDAN O'XSHASHLIKLAR
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada ingliz va turk tillaridagi maqollarning mazmuniy jihatdan o‘xshashliklari tahlil qilinadi. Tadqiqot jarayonida har ikki tildagi maqollar semantik va lingvokulturologik yondashuv asosida qiyosiy o‘rganildi. Maqollar xalqning tarixiy tajribasi, dunyoqarashi, axloqiy-me’yoriy qarashlari va madaniy qadriyatlarini aks ettiruvchi muhim til birliklari sifatida talqin qilindi. Ingliz va turk tillariga mansub maqollarda mehnat, sabr-toqat, vaqt, donolik, ehtiyotkorlik va insoniy munosabatlarga oid umumiy mazmunlar mavjudligi aniqlandi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, turli til oilalariga mansub bo‘lishiga qaramay, ingliz va turk maqollarida insoniyat uchun umumiy bo‘lgan hayotiy haqiqatlar o‘xshash obraz va ma’nolar orqali ifodalanadi. Ushbu maqola qiyosiy tilshunoslik, tarjima nazariyasi hamda madaniyatlararo kommunikatsiya sohalari uchun muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Files
7-11.pdf
Files
(327.4 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:17d799393dc5b80f0561c402407fb82a
|
327.4 kB | Preview Download |