YANTOQ O'SIMLIGINING NAFAS YO'LLARIDAGI ALLERGIYANI DAVOLANISHI
Authors/Creators
Description
Ushbu ilmiy tezisda Yantoq (Alhagi maurorum) o‘simligining nafas yo‘llari allergik kasalliklarida qo‘llanilishi, uning fitokimyoviy tarkibi hamda farmakologik xususiyatlari asosida ilmiy manbalarga tayangan holda tahlil qilindi. Yantoq tarkibida flavonoidlar, alkaloidlar, saponinlar va fenolik birikmalar mavjudligi aniqlangan bo‘lib, ular yallig‘lanishga qarshi, antioksidant va immunomodulyator ta’sir ko‘rsatishi qayd etilgan. Nafas yo‘llari allergik kasalliklari, xususan allergik rinit va bronxial astma patogenezida yallig‘lanish mediatorlari muhim o‘rin tutadi. Tadqiqot natijalari Yantoq ekstraktining yallig‘lanish mediatorlarini kamaytirish, bronxial spazmni yengillashtirish hamda shilliq qavat faoliyatini normallashtirishga ko‘maklashishi mumkinligini ko‘rsatadi.
Files
Yosh olimlar 1118.pdf
Files
(672.1 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:e1c73ad19a141e4a71f32eeab4db3c6e
|
672.1 kB | Preview Download |