IN VITRO SHAROITIDA O'SIMLIK TO'QIMALARINI O'STIRISHDA UGLEVOD MANBALARINING TUTGAN O'RNI
Description
Ushbu maqolada o‘simlik to‘qima madaniyati (in vitro) biotexnologiyasida ozuqa muhitining asosiy komponenti bo‘lgan uglevod manbalarining o‘simlik o‘sishi va rivojlanishiga ta’siri atroflicha tahlil qilingan.
Maqolada uglevodlarning (xususan, saxaroza, glyukoza, fruktoza, maltoza va sorbitol) nafaqat geterotrof oziqlanish va energiya manbai ekanligi, balki hujayra turgor bosimini boshqaruvchi osmotik agent hamda gormonal faollikni tartibga soluvchi birlamchi signal molekulasi sifatidagi kompleks funksiyalari ilmiy asoslab berilgan. Tadqiqotda turli xil uglevodlarning kallusogenez, organogenez (novda va ildiz hosil bo‘lishi) va somatik embriogenez jarayonlaridagi samaradorligi qiyosiy baholangan. Xususan, glyukozaning hujayra proliferatsiyasidagi ustunligi, saxarozaning rizogenezdagi o‘rni va sorbitolning Rosaceae oilasi vakillari uchun ahamiyati yoritilgan.
Files
216-220.pdf
Files
(681.4 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:9ae06002e5d91a2caf4c4842ea1bf21f
|
681.4 kB | Preview Download |