O'quvchi yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish va uni amaliy faoliyat bilan integratsiyalash
Authors/Creators
Description
Innovatsion fikrlashni rivojlantirish jarayoni o‘quvchi yoshlarda ijodkorlik, tashabbuskorlik, mustaqil qaror
qabul qilish hamda yangi g‘oya va yechimlar ishlab chiqish qobiliyatini shakllantiradi. Shu bois, ta’lim muassasalarida
ushbu jarayonning amaliyotdagi holatini tahlil etish bugungi kunda dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda
so‘nggi yillarda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar “Yangi O‘zbekiston – yangi ta’lim” g‘oyasi asosida o‘quvchilarda
innovatsion va kreativ fikrlashni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratmoqda. Davlat ta’lim standartlarida o‘quvchilarning
nafaqat bilim egallashi, balki kompetensiyalar tizimini shakllantirishi, ya’ni o‘z bilimlarini amaliyotda qo‘llay
bilish, yangi sharoitlarga moslashish va muammolarni mustaqil hal etish ko‘nikmalarini rivojlantirish asosiy maqsad sifatida
belgilangan. Bu esa innovatsion fikrlashni ta’lim jarayoniga chuqur tatbiq etishni taqozo qiladi. Ushbu maqolada
umumta’lim maktablarida ta’lim olayotgan o‘quvchilarda innovatsion fikrlashni rivojlantirish masalasi amaliy faoliyat bilan
integratsiya nuqtayi nazaridan yoritilgan. Tadqiqot davomida maktab ta’limi jarayonida innovatsion kompetensiyalarni
shakllantirishga xizmat qiluvchi pedagogik yondashuvlar tahlil qilinib, fanlar kesimida aniq amaliy misollar asosida xulosalar
ishlab chiqilgan
Files
136.Mehmonova Nilufar Shuhratovna.pdf
Files
(1.7 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:900dc2a6cb588f2fc895b6873dd28af8
|
1.7 MB | Preview Download |