Published February 11, 2026 | Version v1
Journal article Open

BOSHLANG'ICH TAYYORGARLIK GURUHIDAGI AKADEMIK ESHKAK ESHUVCHILARNING PULSOMETRIYA VA XRONOMETRAJ TAHLILLARI

Description

Mazkur maqolada boshlang‘ich tayyorgarlik guruhidagi akademik eshkak eshuvchilarning mashg‘ulot jarayonida pulsometriya va xronometraj ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Tadqiqotda 12–14 yoshli 10 nafar sportchi ishtirok etdi. Mashg‘ulot davomida yurak urish chastotasi dinamikasi hamda mashg‘ulot tuzilmasining vaqt bo‘yicha taqsimlanishi o‘rganildi. Natijalar shuni ko‘rsatdiki, asosiy yuklama vaqtida puls ko‘rsatkichlari maksimal yurak urish chastotasining 75–80% oralig‘ida bo‘lib, bu yosh sportchilar uchun o‘rtacha intensivlik zonasiga mos keladi. 8 haftalik kuzatuv davomida yurak-qon tomir tizimining moslashuvi yaxshilangani va tiklanish tezligi oshgani aniqlandi. Pulsometriya va xronometraj usullari mashg‘ulot yuklamalarini ilmiy asosda nazorat qilishda samarali vosita ekanligi isbotlandi.

Files

309-311.pdf

Files (780.0 kB)

Name Size Download all
md5:fd919c694cb395d16298497bf01519d9
780.0 kB Preview Download