Published February 11, 2026
| Version v1
Conference paper
Open
YURAK TUG'MA NUQSONI BO'LGAN BOLALARDA JARROHLIKDAN SO'NG TRANZITOR BUYRAK SHIKASTLANISHINING RETROSPEKTIV TAHLILI
Authors/Creators
Description
Tadqiqotning dolzarbligi. So‘nggi yillarda yurak tug‘ma nuksuni bor bo‘lgan bolalarda jarrohlik korrektsiyadan so‘ng tranzitor (vaqtinchalik) buyrak shikastlanishi tez-tez uchraydigan muammo sifatida namoyon bo‘lmoqda. Tranzitor buyrak shikastlanishi bemorlarning sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi, davolash jarayonini murakkablashtirishi va ularning tiklanish vaqtini uzaytirishi mumkin. Shu bilan birga, buyrak funksiyasidagi vaqtinchalik buzilishlar klinik jihatdan ko‘pincha e’tiborsiz qoldiriladi, ammo ularni aniqlash va vaqtida monitoring qilish terapevtik natijalarni yaxshilashda muhim ahamiyatga ega.