Published February 10, 2026 | Version v1
Conference paper Open

BO'LAJAK FOLKLOR IJROCHILARINI TAYYORLASHDA JIZZAX AN'ANAVIY QO'SHIQCHILIK MAKTABINING DIDAKTIK IMKONIYATLARI

Description

Annotatsiya: Ushbu maqolada bo‘lajak folklor ijrochilarini tayyorlash 
jarayonida Jizzax an’anaviy qo‘shiqchilik maktabining didaktik 
imkoniyatlari ilmiy-pedagogik nuqtayi nazardan tahlil qilinadi. Tadqiqotda 
Jizzax hududiga xos qo‘shiq namunalari, ularning badiiy-uslubiy 
xususiyatlari, ijro texnikasi, matn va ohang uyg‘unligi hamda ustoz-shogird 
an’anasining ta’limiy ahamiyati yoritiladi. Shuningdek, an’anaviy 
repertuarni o‘quv jarayoniga bosqichma-bosqich integratsiya qilish, amaliy 
mashg‘ulotlarda mahalliy folklor materiallaridan foydalanish, talabalarning 
vokal-ijrochilik, talqin, sahna madaniyati va etnomadaniy tafakkur 
kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratilgan metodik yondashuvlar 
asoslanadi. Maqolada kompetensiyaviy yondashuv asosida ishlab chiqilgan 
didaktik modelning tarkibiy qismlari (maqsad, mazmun, metod, vosita va 
natija) tavsiflanib, uning bo‘lajak folklor ijrochilarining kasbiy tayyorgarligi 
sifatini oshirishdagi samaradorligi ochib beriladi. Tadqiqot natijalari folklor 
ta’limi amaliyotini takomillashtirish, milliy ijrochilik merosini ta’lim orqali 
uzluksiz davom ettirish hamda yosh ijrochilarda milliy musiqiy 
qadriyatlarga sodiqlikni shakllantirishga xizmat qiladi. 

Files

Netherlands _International Conference part-2 2026.pdf

Files (2.6 MB)