Published February 2, 2026 | Version v1

Bo'lajak muhandislarning loyihalash ko'nikmalarini klaster muhitida rivojlantirish modellari

Description

Mazkur maqolada bo‘lajak muhandislarning loyihalash ko‘nikmalarini klaster muhiti sharoitida rivojlantirish
modellari ilmiy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot doirasida ta’lim muassasalari, sanoat korxonalari hamda ilmiy-tadqiqot
tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro integratsiya asosida amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish mexanizmlari o‘rganilgan. Klaster
yondashuvi doirasida loyihaga yo‘naltirilgan o‘qitish, virtual laboratoriyalar, simulyatsiya hamda muammo yechishga asoslangan
metodlar orqali muhandislik kompetensiyalarini rivojlantirish imkoniyatlari asoslab berilgan. Shuningdek, taklif
etilgan rivojlantirish modellari bo‘lajak mutaxassislarni real ishlab chiqarish sharoitlariga tayyorlash hamda ta’lim samaradorligini
oshirishda samarali vosita sifatida baholangan. Tadqiqot natijalari ta’lim va amaliyot integratsiyasini kuchaytirish
hamda raqobatbardosh muhandis kadrlar tayyorlash jarayonini takomillashtirishda ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Files

104.Eshonqulova Shafoat Ergashevna-Sherzod Eshonqulov.pdf

Files (1.7 MB)

Name Size
md5:ca466199c368f7a57774309cdbaff4ff
1.7 MB Preview Download

Additional details