Published February 10, 2026 | Version v1
Journal article Open

QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORIDA YASHIL INSTRUMENTLARNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI

Description

Mazkur maqolada qimmatli qog‘ozlar bozorida yashil moliyaviy instrumentlarni joriy etishning nazariy-uslubiy asoslari, ularning iqtisodiy, ekologik va ijtimoiy ahamiyati hamda rivojlanish istiqbollari kompleks tarzda tahlil qilinadi. Tadqiqotda yashil obligatsiyalar, ESG (Environmental, Social, Governance) mezonlariga asoslangan qimmatli qog‘ozlar hamda barqaror investitsiya instrumentlarining kapital bozorlaridagi o‘rni va funksional xususiyatlari yoritilib, ushbu instrumentlarning investitsiya oqimlarini ekologik toza, kam uglerodli va energiya samarador loyihalarga yo‘naltirishdagi roli ilmiy asosda baholanadi.

Shuningdek, yashil moliyaviy instrumentlar orqali iqlim o‘zgarishining salbiy oqibatlarini kamaytirish, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini rivojlantirish va “yashil iqtisodiyot” tamoyillarini amaliyotga joriy etish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. Xalqaro tajriba, jumladan World Bank hamda boshqa nufuzli moliyaviy institutlar tomonidan ishlab chiqilgan konsepsiyalar va tavsiyalar asosida yashil instrumentlarni milliy qimmatli qog‘ozlar bozoriga integratsiya qilish mexanizmlari tahlil qilinadi.

Files

160-167.pdf

Files (552.2 kB)

Name Size Download all
md5:170ba3d6a5d2f3a35efd903a175c5c56
552.2 kB Preview Download