QIMMATLI QOG'OZLAR BOZORIDA YASHIL INSTRUMENTLARNI JORIY ETISH ISTIQBOLLARI
Authors/Creators
Description
Mazkur tezisda qimmatli qog‘ozlar bozorida yashil moliyaviy instrumentlarni joriy etishning nazariy asoslari, iqtisodiy va ekologik ahamiyati hamda rivojlanish istiqbollari tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida yashil obligatsiyalar, ESG (Environmental, Social, Governance) mezonlariga asoslangan qimmatli qog‘ozlar va barqaror investitsiya instrumentlarining kapital bozorlaridagi o‘rni yoritiladi.
Shuningdek, yashil instrumentlarning investitsiya oqimlarini ekologik barqaror, energiya samarador va iqlim o‘zgarishiga moslashuvchan loyihalarga yo‘naltirishdagi roli asoslab beriladi. Xalqaro tajriba tahlili asosida ushbu instrumentlarni milliy qimmatli qog‘ozlar bozoriga joriy etishda normativ-huquqiy baza, institutsional muhit va moliyaviy infratuzilmani takomillashtirish zarurligi ko‘rsatib o‘tiladi. Tadqiqot natijalari yashil moliya mexanizmlarini rivojlantirish orqali iqtisodiy o‘sish va ekologik barqarorlikni uyg‘unlashtirish imkoniyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.
Files
105-108.pdf
Files
(506.9 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:59347a61cdb38c563aefed6248103eee
|
506.9 kB | Preview Download |