Pedagogik kreativlik tushunchasining didaktik tahlili
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada pedagogik kreativlik tushunchasining didaktik tahlili amalga oshirilib, uning mazmun-mohiyati, tarkibiy komponentlari hamda ta’lim jarayonidagi funksional ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beriladi. Pedagogik kreativlikning shaxsiy, kasbiy va metodik jihatlari tahlil qilinib, uni shakllantirish va rivojlantirishning didaktik shart-sharoitlari yoritiladi. Shuningdek, olimlar tomonidan ilgari surilgan ta’rif va konseptual yondashuvlar qiyosiy tahlil asosida umumlashtirilib, kreativlikning innovatsion ta’lim muhiti, kompetensiyaviy yondashuv hamda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uzviy bog‘liqligi ochib beriladi.