Published February 4, 2026 | Version v1
Journal article Open

O'ZBEKISTONDA YURIDIK SHAXSLAR TOMONIDAN TOMONIDAN TO'LANADIGAN RESURS SOLIQLARI MA'MURCHILIGINI TAKOMILLASHTIRISH ISTIQBOLLARI (BUXORO VILOYATI MISOLIDA)

Description

Mazkur ilmiy maqolada O‘zbekistonda yuridik shaxslar tomonidan to‘lanadigan resurs soliqlarining amaldagi ma’murchilik tizimi tahlil qilinib, uni takomillashtirish istiqbollari Buxoro viloyati misolida ilmiy jihatdan asoslab berilgan. Tadqiqot jarayonida yer solig‘i, suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq hamda yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliqning hududiy byudjet daromadlarini shakllantirishdagi o‘rni va ularni undirish mexanizmlarining samaradorligi baholangan.

Shuningdek, soliq bazasini aniqlashdagi muammolar, soliq intizomiga ta’sir etuvchi omillar hamda resurs soliqlari ma’murchiligida raqamli texnologiyalarni joriy etish zarurati ochib berilgan. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, soliq ma’murchiligini takomillashtirishda integratsiyalashgan axborot tizimlarini yaratish, risk-tahlil asosidagi soliq nazoratini kengaytirish va yuridik shaxslarning soliq savodxonligini oshirish muhim ahamiyat kasb etishi asoslab berilgan. Maqolada ilgari surilgan ilmiy-amaliy takliflar resurs soliqlarining fiskal samaradorligini oshirish hamda tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni rag‘batlantirishga xizmat qiladi.

Files

37-43.pdf

Files (639.1 kB)

Name Size Download all
md5:e466ff9fdceeaaccecfe5a3b45801333
639.1 kB Preview Download