Published February 4, 2026 | Version v1
Journal article Open

RAQAMLI TEXNOLOGIYALARNING SHAXSIY MOLIYANI BOSHQARISHDAGI ROLI

Authors/Creators

Description

Mazkur maqolada raqamli texnologiyalarning shaxsiy moliyani boshqarishdagi roli va ahamiyati zamonaviy iqtisodiy sharoitlar nuqtayi nazaridan chuqur ilmiy tahlil qilinadi. Tadqiqot doirasida mobil bank ilovalari, FinTech platformalari, sun’iy intellektga asoslangan moliyaviy maslahat tizimlari hamda avtomatlashtirilgan byudjetlashtirish va xarajatlarni monitoring qilish vositalarining jismoniy shaxslarning moliyaviy qarorlar qabul qilish jarayoniga ko‘rsatadigan ta’siri tizimli ravishda o‘rganiladi.

Maqolada raqamli moliyaviy texnologiyalar yordamida daromad va xarajatlarni real vaqt rejimida nazorat qilish, qisqa va uzoq muddatli moliyaviy maqsadlarni shakllantirish, jamg‘arish va investitsiya faoliyatini samarali rejalashtirish, shuningdek, moliyaviy risklarni aniqlash va kamaytirish imkoniyatlarining kengayib borayotgani ilmiy dalillar asosida yoritib beriladi. Shu bilan birga, raqamli yechimlarning shaxsiy moliyaviy xulq-atvorni o‘zgartirishdagi, moliyaviy intizomni mustahkamlashdagi hamda ongli moliyaviy qarorlar qabul qilishni rag‘batlantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlanadi.

Files

24-31.pdf

Files (560.0 kB)

Name Size Download all
md5:5c66cda43c2294b35c5ca8c8fbd4ff12
560.0 kB Preview Download