OROLBO'YI HUDUDLARIDA TOKSIKANTLAR MIGRATSIYASI VA ULARNING NEYTRALLASHIGA QARATILGAN AGROTEXNOLOGIK YONDASHUVLAR
Authors/Creators
Description
Mazkur maqolada Orolbo‘yi hududlarida shakllangan sho‘rlangan va toksikantlarga boy tuproqlarda kimyoviy elementlarning migratsiya xususiyatlari hamda ularni ekologik jihatdan neytrallashga qaratilgan agrotexnologik yondashuvlar tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida Orol dengizining qurigan tubida joylashgan tuproqlarning turli chuqurlik qatlamlarida asosiy ionlar (Cl⁻, Na⁺) va og‘ir metallar (Cd, Pb, Hg, Mo, Sb) miqdori zamonaviy Avio 200 ICP-OES spektrometri yordamida aniqlandi. Olingan natijalarga ko‘ra, xlor va natriy ionlarining yuqori kontsentratsiyasi tuproq sho‘rlanishining kuchayganligini ko‘rsatib, og‘ir metallarning esa uzoq muddatli bioakkumulyatsiya orqali o‘simliklar hayot faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi isbotlandi. Shuningdek, toksikantlarning qatlamlar bo‘yicha notekis taqsimlanishi shamol eroziyasi va ekologik xavf omillarini kuchaytirishi aniqlangan. Tadqiqot natijalari asosida Orolbo‘yi hududlarida ekologik barqarorlikni ta’minlash maqsadida fitomelioratsiya, bioremediatsiya hamda zamonaviy agrobiologik texnologiyalarni kompleks qo‘llash zarurligi ilmiy jihatdan asoslab berildi.
Files
Ilm-fan 0716.pdf
Files
(749.6 kB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:ace6fb215dcd968d3fc6e985edb899f4
|
749.6 kB | Preview Download |