Published February 3, 2026 | Version v1
Journal article Open

O'QUV-MASHG'ULOT GURUHLARIDA 800 METRGA YUGURUVCHILARNI SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

  • 1. Samarqand davlat pedagogika instituti magistri
  • 2. Samarqand davlat pedagogika instituti dotsenti

Description

O‘QUV-MASHG‘ULOT GURUHLARIDA 800 METRGA YUGURUVCHILARNI SPORT MUSOBAQALARIGA TAYYORLASHNI TAKOMILLASHTIRISH

Mixliboyev Muxriddin Mixliboy o‘g‘li

Samarqand davlat pedagogika instituti magistri

Ilmiy rahbar: dotsent Imomov Mavlon Abdusalomovich

Samarqand davlat pedagogika instituti dotsenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.18467829

Annotatsiya: Mazkur ilmiy maqolada o‘quv-mashg‘ulot guruhlarida shug‘ullanuvchi 800 metrga yuguruvchilarni sport musobaqalariga tayyorlash jarayonini takomillashtirish masalalari tadqiq etilgan. 800 metrga yugurish yengil atletikaning murakkab turlaridan biri bo‘lib, sportchidan yuqori darajadagi tezlik, maxsus chidamlilik hamda taktik tayyorgarlikni talab etadi. Tadqiqot jarayonida mashg‘ulot yuklamalarini rejalashtirish, tezlik-chidamlilik sifatlarini rivojlantirish hamda musobaqa faoliyatiga moslashuvni oshirishga qaratilgan uslubiy yondashuvlar qo‘llanildi. Ilmiy-uslubiy adabiyotlarni tahlil qilish, pedagogik kuzatuv va nazorat testlari asosida olingan natijalar shuni ko‘rsatdiki, mashg‘ulot jarayoniga maxsus yo‘naltirilgan mashqlarni tizimli joriy etish sportchilarning natijalarini sezilarli darajada yaxshilaydi. Tadqiqot xulosalari o‘quv-mashg‘ulot guruhlarida 800 metrga yuguruvchilarni tayyorlash jarayonini optimallashtirishda amaliy ahamiyatga ega.

Kalit so‘zlar: 800 metrga yugurish, o‘quv-mashg‘ulot jarayoni, sport tayyorgarligi, tezlik-chidamlilik, musobaqa faoliyati.

Files

13.00.00 - Pedagogika fanlari Mixliboyev Muxriddin.pdf

Files (451.0 kB)