FIZIKA DARSLARIDA EKSPERIMENTTAL - TADQIQOT FAOLIYATINING MOHIYATI VA DIDAKTIK AHAMIYATI
Authors/Creators
Description
Mazkur ilmiy tezis fizika darslarida eksperimental-tadqiqot faoliyatining mohiyati va uning didaktik ahamiyati ilmiy-nazariy jihatdan tahlil qilingan. Tadqiqot jarayonida eksperimentga asoslangan ta’limning o‘quvchilarning bilish faolligini oshirish, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash hamda ilmiy tafakkurini rivojlantirishdagi roli yoritib berilgan. Fizika fanini o‘qitishda namoyish tajribalari, laboratoriya ishlari, frontal va loyihaviy eksperimentlarning o‘quvchilar bilimini mustahkamlashdagi samaradorligi asoslab berilgan.
Shuningdek, eksperimental-tadqiqot faoliyatining kompetensiyaviy yondashuv doirasida o‘quvchilarda mustaqil fikrlash, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish va ilmiy xulosa chiqarish ko‘nikmalarini shakllantirishdagi ahamiyati ochib berilgan.Ushbu tezis natijalari fizika fani o‘qituvchilari, pedagogika yo‘nalishi talabalari hamda ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun amaliy ahamiyatga ega.