Published January 1, 2026 | Version v1
Journal article Open

XONDIZA KONI POLIMETALL RUDALARINI FLOTATSIYALASHDA REAGENT REJIMINI TAKOMILLASHTIRISH

Description

Mazkur maqolada Xondiza koni polimetall rudalarini flotatsion boyitishda reagent rejimini takomillashtirish
masalalari tahlil qilindi. Tadqiqotda mis–qo‘rg‘oshin flotatsiyasi chiqindilaridan ruxni ajratib olish jarayoniga alohida e’tibor
qaratilib, amaldagi texnologik sxemalar hamda reagent rejimlari qiyosiy baholandi. Ilmiy adabiyotlar, ishlab chiqarish
tajribasi va statistik ma’lumotlar tahlili asosida rux flotatsiyasida qo‘llanilayotgan yig‘gich hamda aktivatorlarning
samaradorligi o‘rganildi. Natijalar BKK yig‘gichi va mis kuporosi sarfini optimallashtirish orqali rux konsentratidagi Zn
miqdorini 55% gacha, umumiy ajratib olinishi darajasini esa 73,16% gacha oshirish mumkinligini ko‘rsatdi. SEM va EDS
tahlillari ruxning konsentratda asosan sfalerit shaklida jamlanganini tasdiqladi. Shu bilan birga, rux konsentratida ma’lum
miqdorda qo‘rg‘oshinning saqlanib qolishi flotatsiya jarayonining selektivligini yanada oshirish zarurligini ko‘rsatadi.
Olingan xulosalar polimetall rudalarni flotatsion boyitish texnologiyalarini takomillashtirish hamda rangli metallurgiya
korxonalarida xomashyo resurslaridan samarali foydalanishni qo‘llab-quvvatlash uchun ilmiy asos bo‘lib xizmat qiladi

Files

62_Shodiyev_Abbos_Ne’mat_o‘g‘li,_Egamberdiyev_Baxtiyor_Barat_o‘g‘li.pdf

Additional details