Published October 28, 2025 | Version v1
Journal article Open

JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA'MINLASHDA DAVLAT-XUSUSIY SHERIKLIKNING QO'LLANISH YO'NALISHLARI: SOHAVIY TAHLIL VA INSTITUTSIONAL YECHIMLAR

Description

Maqolada jamoat xavfsizligini ta’minlash tizimida davlat-xususiy sheriklik (DXSh) mexanizmlarini qo‘llashning asosiy yo‘nalishlari sohaviy kesimda tahlil qilinadi. Tadqiqot DXShning xavfsizlik sohasidagi qo‘llanish chegaralarini aniqlash, “davlatning eksklyuziv vakolati” saqlanadigan funksiyalar bilan xususiy sektor samarali jalb qilinishi mumkin bo‘lgan xizmatlar va infratuzilmalarni farqlashga qaratilgan. Xususan, videokuzatuv va “Safe City” infratuzilmasi, yoritish va transport xavfsizligi tizimlari, favqulodda vaziyatlarga tayyorgarlik va xabardor qilish platformalari, xususiy qo‘riqlash va ob’ekt xavfsizligi, kiberxavfsizlik hamda servis-logistika xizmatlari kabi yo‘nalishlarda DXShning institutsional modeli ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, sohaviy DXSh loyihalarida risklarni taqsimlash, shartnomaviy dizayn, KPI/SLA asosidagi natijadorlik mezonlari, davlat nazorati, ma’lumotlar himoyasi va korrupsiyaga qarshi komplaens kabi huquqiy va boshqaruv masalalari yoritiladi. Xulosa qismida jamoat xavfsizligi yo‘nalishlarida DXShni samarali joriy etish uchun konseptual takliflar hamda amaliy tavsiyalar ilgari suriladi.

Files

769-781.pdf

Files (425.8 kB)

Name Size Download all
md5:e04a9c9b33657c33f11fbaf28c6b5120
425.8 kB Preview Download