Published January 23, 2026 | Version v1
Journal article Open

DASTURLASH FANINING SUNIY INTELEKT BILAN BOG'LIQLIGI

Description

Ushbu maqolada dasturlash fanining sun’iy intellekt bilan uzviy va bevosita bog‘liqligi batafsil yoritilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalari rivoji sharoitida sun’iy intellekt tizimlarini yaratish, joriy etish va rivojlantirish jarayonlarida dasturlash fanining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Maqolada dasturlash fanining nazariy asoslari, algoritmik fikrlash va ma’lumotlar tuzilmalari kabi tushunchalarning sun’iy intellekt tizimlaridagi roli tahlil qilingan.

Shuningdek, mashinaviy o‘rganish, chuqur o‘rganish va neyron tarmoqlar texnologiyalarining dasturlash bilan chambarchas bog‘liqligi tushuntirilgan.Bundan tashqari, Python, Java, C++ va R kabi zamonaviy dasturlash tillarining sun’iy intellekt loyihalarida qo‘llanilish sohalari ko‘rib chiqilgan hamda ularning talabalar uchun o‘rganishdagi qulay jihatlari yoritilgan. Maqolada dasturlashni o‘zlashtirish sun’iy intellekt sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashda muhim omil ekanligi asoslab berilgan. Tadqiqot natijalari talabalar uchun dasturlash bilimlari sun’iy intellekt texnologiyalarini chuqur anglash, amaliy loyihalarda qo‘llash va kelajak kasbiy faoliyatda raqobatbardosh bo‘lish imkonini yaratishini ko‘rsatadi.

Files

514-520.pdf

Files (665.0 kB)

Name Size Download all
md5:cac83acbface454eb54076ddc038582f
665.0 kB Preview Download