Published January 20, 2026 | Version v1

Oliy ta'limda baholash jarayonini avtomatlashtirishda sun'iy intellekt texnologiyalarining qoʻllanishi

Description

Ushbu maqolada oliy ta’lim muassasalarida baholash jarayonini avtomatlashtirishda sun’iy intellekt texnologiyalarining
o‘rni va ahamiyati ilmiy jihatdan tahlil qilinadi. So‘nggi yillarda raqamli pedagogika rivojlanishi, baholashning
xolisligi, tezkorligi va shaffofligini ta’minlash zaruriyati sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan baholash
tizimlarining keng qo‘llanilishiga sabab bo‘lmoqda. Maqolada an’anaviy baholash usullarining cheklovlari, sun’iy
intellekt yordamida semantik tahlil, adaptiv testlar, yozma ishlarni avtomatik baholash, talaba faoliyatini monitoring qilish
kabi zamonaviy yondashuvlar yoritilgan. Shuningdek, xalqaro tajribalar hamda O‘zbekiston oliy ta’limida raqamlashtirish
jarayonlari tahlil qilinib, sun’iy intellekt asosidagi baholash tizimlarining afzalliklari, amaliy samaralari va istiqbollari haqida
xulosalar berilgan. Tadqiqot natijalari sun’iy intellektni o‘quv jarayoniga integratsiya qilish ta’lim sifatini oshirishda muhim
omil ekanligini ko‘rsatadi

Files

205_Ovxunov_Iqboljon_Abdunabiyevich_Mamadaliyeva_Kamolaxon_Xayrullo.pdf

Files (1.5 MB)

Additional details