MAMLAKATIMIZ TIJORAT BANKLARINING FOND BOZORIDAGI INVESTITSION FAOLLIGINI OSHIRISH YO'LLARI
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada mamlakatimiz tijorat banklarining fond bozoridagi investitsion faolligini oshirish zaruriyati,
mavjud holati va rivojlantirish istiqbollari yoritilgan. Banklarning fond bozorida ishtirok etish mexanizmlari, investitsion
portfellarni diversifikatsiya qilishning nazariy va amaliy asoslari, shuningdek, kapital bozoridagi raqobatbardoshlikni
ta’minlash omillari tahlil qilingan. Maqolada banklarning aksiyalar va obligatsiyalar bo‘yicha operatsiyalarini kengaytirish,
raqamli texnologiyalarni joriy etish, risklarni boshqarish tizimini takomillashtirish hamda tartibga soluvchi-huquqiy muhitni
optimallashtirish orqali investitsion faollikni oshirishning samarali yo‘llari taklif etiladi. Tadqiqot natijalari tijorat banklari
investitsion faoliyatini yanada rivojlantirish va fond bozorining jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.