Published January 22, 2026 | Version v1
Publication Open

ARAB VA O'ZBEK TILLARIDA JUMLA TARKIBI: SINTAKSIS VA SEMANTIK QIYOSIY TAHLIL

Authors/Creators

Description

Ushbu ishda arab va o‘zbek tillarida jumla tarkibi  sintaktik va semantik jihatdan qiyosiy tahlil qilinadi. Tadqiqot davomida har ikki tildagi so‘z tartibi, bosh va ikkinchi darajali bo‘laklarning o‘zaro munosabati, kesimning joylashuvi hamda ma’no ifodalash usullari o‘rganiladi. Maqolada arab tilining fe’l markazli tuzilishi bilan o‘zbek tilining ot markazli tuzilishi o‘rtasidagi farqlar yoritiladi. Shuningdek, jumlaning semantik tuzilishi, ya’ni ma’no qatlamlari, konnotativ va denotativ jihatlar solishtiriladi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, arab va o‘zbek tillarida grammatik tuzilish turlicha bo‘lsa-da, ularning ma’no ifodalash imkoniyatlarida umumiylik mavjudligi aniqlanadi. Maqola natijalari tilshunoslikdagi qiyosiy sintaksis masalalarini yanada chuqurroq o‘rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.Arab tili va o‘zbek tili sintaktik qurilishi jihatidan ikki xil til oilasiga mansub bo‘lib, jumla tarkibi va bo‘laklarning semantik munosabatlari turli grammatik mexanizmlarga asoslanadi. Ushbu tezis arab tilidagi i‘robga tayanadigan struktura bilan o‘zbek tilidagi affikslash va so‘z tartibi asosidagi strukturaning qiyosiy jihatlarini ko‘rsatadi.

Files

Yosh olimlar 0518.pdf

Files (542.1 kB)

Name Size Download all
md5:2e325c01eb13e36d6a28b96b2a591c78
542.1 kB Preview Download