Published January 15, 2026 | Version v1

SEREBRAL FALAJI BO'LGAN BOLALAR XARAKAT VA NUTQ NUQSONLARINI O'ZIGA XOSLIGI

Description

Mazkur maqolada bolalar serebral falaji bo‘lgan bolalarda nutq rivojlanishining o‘ziga xos xususiyatlari, nutqdan oldingi va nutqiy davrlarning kechikishi hamda nutq buzilishlarining klinik-patogenetik mexanizmlari yoritilgan. Bolalar serebral falajida harakat buzilishlari yetakchi o‘rin egallab, ular nutq, ruhiy rivojlanish va sensor tizimlar faoliyatidagi nuqsonlar bilan uyg‘unlashib namoyon bo‘lishi ko‘rsatib berilgan. Nutq buzilishlarining og‘irlik darajasi miya shikastlanishining lokalizatsiyasi va darajasiga, harakat patologiyasining ifodalanishiga hamda tuzatish-logopedik ishlarning o‘z vaqtida va samarali tashkil etilishiga bog‘liqligi asoslab berilgan. Maqolada dizartriya bolalar serebral falajida nutq patologiyasining eng ko‘p uchraydigan shakli sifatida tavsiflanib, uning klinik belgilari, artikulyatsion motorika, nafas, ovoz va prosodika buzilishlari batafsil tahlil qilingan. Shuningdek, bolalar serebral falaji bo‘lgan bolalarda leksik, grammatik va fonetik-fonematik tizimlarning shakllanishidagi kechikishlar, o‘qish va yozuv buzilishlari (disleksiya, disgrafiya) hamda ularning barqaror xarakteri ochib berilgan.

Files

143-151.pdf

Files (635.6 kB)

Name Size Download all
md5:e5dbe1a18458ae934770b1268184e31d
635.6 kB Preview Download