Published January 18, 2026 | Version v1

O'ZBEK OILALARIDA OTA-ONALARNING EMOTSIONAL INTELLEKTI, TARBIYAVIY YONDASHUVLARI VA FARZANDLAR BILAN O'ZARO MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI"

Description

Ushbu tadqiqot zamonaviy o‘zbek oilalarida ota-onalarning emotsional intellekti, tarbiyaviy yondashuvlari va farzandlar bilan o‘zaro munosabatlarining psixologik xususiyatlarini o‘rganishga qaratilgan. Tadqiqotda ota-onalarning hissiy aqli darajasi ularning tarbiyaviy yondashuvlariga, farzandlar bilan muloqot sifatiga va ota-ona vakolatlariga qanday ta’sir ko‘rsatishi tahlil qilinadi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatadiki, yuqori darajadagi emotsional intellekt ota-onalarning samarali va moslashuvchan tarbiyaviy uslublarini qo‘llashiga, shuningdek, farzandlar bilan ijobiy munosabatlarni shakllantirishga yordam beradi. Shuningdek, ota-onalarning o‘zini hurmat qilishi va Barnum effekti kabi psixologik omillar oiladagi tarbiyaviy jarayonlarni sezilarli darajada ta’sir qilishi aniqlanadi. Tadqiqot natijalari ota-onalarning emotsional aqli va tarbiyaviy kompetentsiyasini oshirish orqali farzandlarning psixologik va ijtimoiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlash zarurligini ko‘rsatadi.

Files

142-147.pdf

Files (260.2 kB)

Name Size
md5:7c02ed5727d71ea7b43e891334ed9ad0
260.2 kB Preview Download

Additional details

References

  • 1. Ibaydullayeva U.R. Ota-ona va farzandlar o'rtasidagi nizolarning ijtimoiy- psixologik xususiyatlari. Psixologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori diss. - T.: 2022. – 5 b.