Published January 1, 2026 | Version v1
Journal article Open

O'ZBEKISTONDA TURIZMNI INNOVATSION ASOSDA RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI VA ZARURIYATI

Description

Turizm sohasi Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD — Organization for Economic Cooperation
and Development) mamlakatlari iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Mazkur soha iqtisodiy o‘sishni jadallashtirish, yangi
ish o‘rinlarini yaratish, aholi bandligi darajasini oshirish hamda daromadlar ko‘payishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Iqtisodiyotning globallashuvi va unda turizmning tutgan o‘rnini hisobga olgan holda, sohaning raqobatbardoshligini
ta’minlash va uni oshirish alohida ahamiyat kasb etadi.
Shu bois turistik faoliyat bilan shug‘ullanuvchi korxonalar raqobat sharoitida barqaror faoliyat yuritishi va ustunliklarini
saqlab qolishi uchun innovatsiyalarni muntazam joriy etishi hamda investitsiyalardan samarali foydalanishi zarur.
Innovatsiyalar orqali yangi mahsulot va xizmat turlarini yaratish, xarajatlarni qisqartirish hamda marketing faoliyatini
takomillashtirish imkoniyati kengayadi.
Mazkur maqolada muallif turizm sohasining innovatsion rivojlanishi masalasini yoritishda, avvalo, innovatsiya tushunchasi,
uning mazmun-mohiyati, turlari va xususiyatlariga doir xorijiy hamda mahalliy iqtisodchi olimlarning nazariy qarashlarini
tahlil qiladi hamda O‘zbekistonda turizmni innovatsion asosda rivojlantirishning ahamiyati va zaruriyatini ilmiy dalillar
asosida asoslab beradi.

Files

89. Temurbek Olimovich Mamayunusov.pdf

Files (2.9 MB)

Name Size Download all
md5:1c9951e148bba9d1208c8635fcab1f4b
2.9 MB Preview Download

Additional details