Published January 1, 2026 | Version v1
Journal article Open

YASHIL IQTISODIYOT VA KICHIK BIZNES RIVOJLANISHINING NAZARIY–KONSEPTUAL ASOSLARI

Description

Ushbu maqolada yashil iqtisodiyotga o‘tish jarayonida kichik biznes uchun yaratilayotgan iqtisodiy, ekologik
va institutsional imkoniyatlar chuqur tahlil qilingan. Tadqiqot davomida muallif o‘tish davriga xos iqtisodiy o‘zgarishlar,
ekologik talablar hamda tartibga soluvchi mexanizmlar ta’sirini inobatga olgan holda, kichik biznes subyektlarining
yangi bozor segmentlarida faol ishtirok etish imkoniyatlarini asoslab beradi. Maqolada yashil iqtisodiyot sharoitida
kichik biznesning rivojlanish zarurati nafaqat ekologik omillar bilan, balki hududiy iqtisodiy cheklovlarni kompensatsiya
qilish, mahalliy resurslar asosida barqaror ishlab chiqarish tizimini shakllantirish va ichki bozorni mahalliy mahsulot bilan
ta’minlash kabi ustuvor vazifalar bilan ham uzviy bog‘liqligi ta’kidlanadi. Xulosa o‘rnida zamonaviy sanoat va iqtisodiy
faoliyatning atrof-muhitga ko‘rsatayotgan ta’siri o‘ta murakkab, ko‘p qirrali va ko‘p tarmoqli jarayonlar tizimi hisoblanadi.
Inson tomonidan amalga oshirilayotgan ishlab chiqarish amaliyotlari tabiiy muhitning turli sohalariga — atmosfera, suv,
tuproq, biologik resurslar va ekotizimlar barqarorligiga sezilarli tarzda ta’sir etishi qayd etilgan

Files

78. Isroilov Dilshodbek Rustamovich.pdf

Files (3.0 MB)

Name Size Download all
md5:9f9294f2a0fee56d81d62f12a7c9ac63
3.0 MB Preview Download

Additional details