Published January 10, 2026 | Version v1
Journal article Open

IMKONIYATI CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN OROMGOHDA, YORUG'LIK, MATERIALLAR VA AKUSTIKANING TA'SIRI.

Description

Mazkur maqolada imkoniyati cheklangan, xususan autizm spektr buzilishiga ega hamda zaif ko‘ruvchi bolalar uchun mo‘ljallangan oromgoh va ta’lim muhitlarida yorug‘lik, materiallar va akustikaning ahamiyati kompleks tarzda tahlil qilinadi.

Tadqiqotda tabiiy va sun’iy yorug‘lik turlarining inson idroki, psixologik holati va fazoni qabul qilish jarayoniga ta’siri yoritilib, ayniqsa tabiiy yorug‘likning to‘liq spektrli xususiyatlari autizmga ega bolalar uchun qulay muhit yaratishda muhim omil sifatida asoslab beriladi.

Shuningdek, maqolada rang va yorug‘lik uyg‘unligining zaif ko‘ruvchi shaxslar uchun orientatsiya va kundalik faoliyatni yengillashtirishdagi o‘rni ochib beriladi. Material tanlashda xavfsizlik, taktil qulaylik va mustahkamlik mezonlari asosiy omil sifatida ko‘rsatilib, tabiiy materiallar va neytral teksturalarning afzalliklari asoslanadi.

Files

149-156.pdf

Files (731.2 kB)

Name Size Download all
md5:e4526d5b775761d8affb26382672b560
731.2 kB Preview Download