Fuqarolarda huquqiy madaniyatni rivojlantirishda milliy g'oya tamoyillarining ijtimoiy-psixologik mexanizmlari
Authors/Creators
Description
Ushbu maqolada fuqarolarda huquqiy madaniyatni
rivojlantirishda milliy g‘oya tamoyillarining o‘rni va ularning ijtimoiy-psixologik
ta’sir mexanizmlari tahlil qilinadi. Milliy g‘oya inson ongiga ta’sir qiluvchi kuch
sifatida huquqiy ong, mas’uliyat, vatanparvarlik, ijtimoiy faollik va qonunga hurmat
kabi fazilatlarning shakllanishiga yordam beradi. Shuningdek, huquqiy
madaniyatning rivoji nafaqat davlat siyosati, balki fuqarolarning shaxsiy ongidagi
ijtimoiy-psixologik jarayonlar orqali kechishi ko‘rsatib o‘tiladi. Maqolada milliy
g‘oyaning tarbiyaviy, ma’naviy va axloqiy omillar orqali huquqiy xulq-atvorni
shakllantirishdagi roli yoritiladi. Tadqiqot natijalari milliy g‘oya tamoyillarini
to‘g‘ri tushunish va ularni amaliy hayotga tatbiq etish huquqiy madaniyatni
oshirishning eng samarali yo‘llaridan biri ekanligini ko‘rsatadi.
Files
16-21.pdf
Additional details
References
- 1. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.