MAKTAB DARSLIGIDA MAVJUD AYRIM MURAKKAB MAVZULARNI O'QITISH SAMARADORLIGINI ZAMONAVIY DASTURIY VOSITALAR YORDAMIDA OSHIRISH (BIOTEXNOLOGIYA MAVZULARI MISOLIDA)
Description
Ushbu tadqiqotning asosiy maqsadi - umumta’lim maktablari biologiya kursida uchraydigan biotexnologiya bo‘yicha murakkab nazariy va amaliy ma’lumotlarni zamonaviy dasturiy vositalar asosida yaratilgan animatsion video darslar yordamida o‘quvchilarga sodda, tushunarli va yuqori samaradorlik bilan yetkazishning samaradorligini aniqlash hamda ilmiy asoslashdir. Umumta’lim maktablari biologiya fanidagi biotexnologiya bo‘limiga moslashtirilgan animatsion videodarslarning didaktik modeli birinchi bor o‘zbek tilida ishlab chiqildi. Ushbu model murakkab molekulyar jarayonlarni bosqichma-bosqich vizual animatsiya orqali tushuntirish, jarayonlar o‘rtasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatish va o‘quvchining kognitiv faoliyatini faollashtirish tamoyillariga asoslangan. Biotexnologiya mavzularining o‘zlashtirilishiga ta’sir qiluvchi vizual-animatsion komponentlar (3D modellashtirish, infografika, dinamik jarayonlar animatsiyasi)ning ta’lim samaradorligiga ta’siri ilmiy-statistik tahlil asosida birinchi marta baholandi. Natijada animatsion videodarslarning o‘quvchilar bilim sifati va motivatsiyasiga ta’sir etish mexanizmlari aniqlab berildi. Biologiya fani bo‘yicha animatsion videodarslardan foydalanishning yangi pedagogik-metodik yondashuvi ishlab chiqildi. Yondashuv o‘quvchilar yoshiga, kognitiv qabul qilish xususiyatlariga va biotexnologiya mavzularining murakkablik darajasiga mos holda ishlab chiqilgan bo‘lib, amaliyotda qo‘llash uchun metodik tavsiyalar bilan boyitildi.
Files
44-56.pdf
Files
(1.9 MB)
| Name | Size | Download all |
|---|---|---|
|
md5:ea2efee210d23a00345b42d188c01def
|
1.9 MB | Preview Download |